AdMe ayrim mamlatlarda bemalol sotiladigan, ba’zilarida esa juda qattiq taqiqlangan mahsulotlar haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.
“Kinder-syurpriz”
AQSh hukumati tomonidan 1938-yilda ichida iste’mol qilib bo‘lmaydigan elementi bor yeguliklar savdosi taqiqlagan edi. Ular qatoriga “Kinder Syurpriz” ham kiradi. Shuningdek, uning ichidagi o‘yinchoqning mayda qismlari bolalar tomog‘iga tiqilib ham qolgan. Shokoladli tuxumlarni Qo‘shma Shtatlarga import qilish bir necha bor to‘siqlarga uchragan. Biroq bundan 5 yil oldin “Kinder-syurpriz” ishlab chiqaruvchilar qonunni chetlab o‘tishga va Amerika bozoriga kirishga muvaffaq bo‘ldi.
Sun’iy bo‘yoqlar
So‘nggi 50 yil ichida sun’iy bo‘yoqlar ishlatilgan mahsulotlarga bo‘lgan talab 500 foizga oshdi, bu esa insoniyat sog‘ligiga jiddiy zarar keltirmoqda. Bu kabi qo‘shimchalar giperfaollikni, allergiya va saratonni keltirib chiqaradi. Aynan shu sababli Yevropaga eksport qilinadigan mahsulotlarda sun’iy bo‘yoqlar ishlatilgan bo‘lsa, uning tarkibi tabiiy bo‘yoqlarga almashtirilishi kerak.
Tarkibida antibiotiklari mavjud tovuq
Yevropa, Rossiya, Norvegiya va Avstraliya Amerikaning yirik go‘sht ishlab chiqaruvchi Tyson Foods kompaniyasidan tovuq go‘shtini sotib olishni taqiqladi. Bunga butun dunyoga Tyson o‘z mahsulotlariga antibiotiklar, steroidlar, yallig‘lanishga qarshi vositalar va ketamin qo‘shishi haqida ma’lumotlar tarqalgani sabab bo‘lgan. Ushbu ma’lumotlar tarqalgach, kompaniya vakillari bu turdagi vositalarni endilikda ishlatmaslikka va’da bergan.
GMO (GO'O — genetik o‘zgartirilgan organizm)
2015-yilda Yevropa mamlakatlarining yarmidan ko‘pi GMO’dan foydalanishga taqiq qo‘ydi. Bunga uning allergiya keltirib chiqarishi, zaharli ekanligi hamda mahsulotning ozuqaviy qiymatini pasayishiga olib kelishi sabab bo‘lgan.
Yumshatgich qo‘shilgan non
Xamirni yumshatishda ko‘pincha kaliy bromat ishlatiladi. Uning yordamida non mahsulotlari yumshoq va chiroyli ko‘rinishga ega bo‘ladi, xuddi tandirdan yangi uzilgandek. Kaliy bromat bosh og‘rig‘ini, teri kasalligini hamda ovqat hazm qilish jarayonida buzilishlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Fermada yetishtirilgan losos
Avstraliya va Yangi Zelandiyada rostdan ham fermada yetishtirilgan lososlar taqiqlangan. Bunga ularning ozuqasida antibiotiklar hamda koloriyani ko‘taruvchi vositalar mavjudligi sabab. Bu turdagi lososda foydali narsalar umuman yo‘q.
Sport ichimliklari
Sport ichimliklari tarkibida vitaminlar, minerallar va boshqa foydali vositalar mavjud. Biroq ba’zi ishlab chiqaruvchilar ichimlikning yoqimsiz hidini yo‘qotish maqsadida unga o‘ziga jalb qiluvchi bromlangan o‘simlik yo‘gi — E-443 yordamida rang qo‘shadi. E-443 Yaponiya va Yevropada zaharli bo‘lganligi sabab taqiqlangan. U ko‘krak saratonini va prostatani keltirib chiqaradi.
Izoh (0)