Hi-Tech.Mail.Ru ekspertlar fikri bo‘yicha 2017-yilda yaratilgan “eng noorginal va ma’nisiz” ixtirolar haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.

Yo‘lovchi vertolyoti

Foto: Hi-Tech.Mail.Ru

Uber 2020-yilga borib Los-Anjelesda uchar taksilar xizmati ishga tushishini ma’lum qildi. Ekspertlarning fikricha, chiroyli so‘zlar va videoga qaramay ushbu xizmatdan faqatgina boy odamlar foydalanishi mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, hozirda Uber’ning Nyu-Yorkda vertolyotlari mavjud.

Pochta qutisi

Foto: Hi-Tech.Mail.Ru

Amazon kompaniyasi har bir ko‘p qavatli uyda o‘zining paketlariga mo‘ljallangan pochta qutilari bo‘lishini istamoqda. Bu ancha qulaylik va tovarlarning o‘g‘irlanishini oldini olgan bo‘lar edi. Biroq bu monopoliyadan darak bermoqda.

Osmono‘par bino

Foto: Hi-Tech.Mail.Ru

Google “yotgan o‘smono‘par bino”ni o‘ylab topdi. Kompaniya o‘zining Londonda qurilayotgan shtab-kvartirasini shunday nomladi (7000 ming xodimga mo‘ljallangan uzunligi 330 metr keladigan bino). Biroq shaharga hozirda boshqa narsa kerak. Bo‘sh maydonlardan samarali foydalanish, ijara haqini kamaytirish, jamoat transporti samaradorligini oshirish… Shuningdek, binoda gorizontal lift ham bo‘ladi. Ikkita foydasiz ixtiro bittada mujassam!

“Kommunalka”

Foto: Hi-Tech.Mail.Ru

18 milliard dollarga baholangan WeWork startapi  SpaceX’dan ham qimmatroq hisoblanadi. Biroq Ilon Maskning kosmik kompaniyasidan farqli o‘laroq bunda hech qanday yangi g‘oyalar mavjud emas. Kompaniya shunchaki ijara haqi kam bo‘lgan uyda “birgalikda yashash”ni tavsiya qilmoqda. Real hayotda bu kabi “birgalikda yashash”ni talabalar juda yaxshi biladi. Bir so‘z bilan aytganda — kommunizm g‘oyasi.

Choynak

Foto: Hi-Tech.Mail.Ru

Internetga ulana oladigan Teforia choynaklari yopiq ekotizimdan foydalanib, kompaniyadan eksklyuziv choylarni xarid qila oladi (u odatdagi choylardan deyarli farq qilmaydi). 17 million dollar mablag‘ bilan moliyalashtirilgan startap yopilib ketdi, 400 dollarlik choynaklar esa foydalanuvchilarning yonida qoldi.

Palatka

Foto: Hi-Tech.Mail.Ru

Odd Company kompaniyasining Pause Pod ofis palatkasi yaratuvchilarning fikricha, usbhu “yangilik” hamkasblardan va shovqindan holi holatda dam olishga yordam beradi. Ammo uning oddiy palatkadan farqi — yo‘q.

Savdo avtomati

Foto: Hi-Tech.Mail.Ru

Bodega — smartfon dasturini qo‘llab-quvvatlovchi savdo avtomati. G‘oyaga ko‘ra, u birlamchi ehtiyoj do‘konchalarining o‘rnini egallashi kerak edi. Biroq tarmoq foydalanuvchilari “ixtiro”ni tanqidlar ostida qoldirdi va buning oqibatida g‘oya mualliflari jamoatchilikdan uzr so‘rashga majbur bo‘ldi.

Qo‘llar

Foto: Hi-Tech.Mail.Ru

Narxi 700 dollar turadigan Juicero sharbatsiqqichi Wi-Fi’ni qo‘llab-quvvatlaydi va smartfon yordamida boshqariladi. Qurilmani sinab ko‘rgan jurnalistlarning aytishicha, bu “ixtiro”ning oddiy sharbatsiqqichlardan deyarli farqi yo‘q, vaqtni ham tejamaydi. Shunga qaramay startap 118,5 million dollar yig‘ishga muvaffaq bo‘lgan va yopilib ketgan.