Travel Ask ara to‘tiqushlari har kuni ertalab tuproq yeyishi sababiga oydinlik kiritdi. Olimlar fikricha, tuproq to‘tiqushlarda ovqat hazm qilish organlari faoliyatining buzilishi oldini oladi.

Foto: Travel Ask

Ara to‘tiqushlari ratsionining asosini tashkil qiluvchi mevalar ko‘pincha zararli moddalarga ega bo‘lishi, ular qushlar va hayvonlarda salomatlik bilan bog‘liq jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Tuproq esa bu zaharlarni neytrallashtirib, mevali parhezni xavfsizroq qiladi. Bundan tashqari, tuproq qush organizmiga zarur bo‘lgan mineral moddalarga boy.

Ara to‘tiqushlari tuproqni daryolarning tik qirg‘oqlaridan oladi, u yerda tuproq ayniqsa turli minerallarga boydir. Ular bu yerga to‘da-to‘da bo‘lib uchib keladi va baquvvat tumshuqlari bilan tuproq bo‘laklarini uzib oladi.