Forbes nashri 2017-yilning eng kassabop aktyorlari reytingini e’lon qildi. Ro‘yxat kartinalarning prokatlarda qancha yig‘ganini kuzatib boruvchi Box Office Mojo saytining ma’lumotlari asosida tuzildi.

Kadr: “Forsaj 8”

Reytingga Vin Dizel yetakchilik qilmoqda — u ishtirok etgan filmlar umumiy miqdorda 1,6 milliard dollar yig‘gan. Ular orasida eng kassabopi “Forsaj 8” filmi bo‘ldi.

“Reytingda ikkinchi o‘rinni ‘Forsaj 8’da rol ijro etgan yana bir aktyor Dueyn Jonson egalladi, uchinchi pog‘onani esa ‘Mo‘jiza ayol’ filmining bosh qahramoni Gal Gadot band etdi. Uning natijalariga ‘Adolat ligasi’ filmi sezilarli hissa qo‘shdi”, — deya ta’kidlaydi reyting mualliflari.

Shuningdek, reytingning dastlabki o‘ntaligidan Emma Uotson, Jonni Depp, Deyzi Ridli, Tom Xolland, Kris Prett, Kris Xemsvord va Jon Boyega o‘rin olgan.

“Superqahramonlar va jedaylar kinoprokatchilarga yaxshigina daromad keltirmoqda, biroq shunga qaramay ekshn-filmlarning aktyorlari yetakchilik qilmoqda”, — deb yozadi nashr.