O‘FF prezidenti etib tayinlangan Umid Ahmadjonov futboldagi faoliyatining 100-kunidan keyin “Gazeta.uz” nashriga intervyu berib, milliy termaning sobiq bosh murabbiyi Samvel Babayan masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi.

Foto: O‘FF

Terma jamoamiz Jahon Chempionatiga chiqa olmadi. Janubiy Koreya bilan so‘nggi o‘yinga tayyorlanish uchun Samvel Babayan Gollandiyadan yordamchi mutaxassis olib keldi. O‘yinga 10 kun vaqt qolganida qanday qilib o‘yinchilarning fizik holatini yaxshilash mumkin?! Odamlar qornini yo‘qotish uchun yillab mehnat qiladi. Shunday bir vaqtda 10 kun nima ham bo‘lardi?

Bu mantiqsizlik. Men gollandiyalik mutaxassisni taklif qildim deb, u xalqni aldadi. Nega bu ishni vaqtliroq qilmadi? Nega har o‘yin oldidan fizik holat ustida shunday ishlanmadi?

Umid Ahmadjonov, O‘FF prezidenti

Umid Ahmadjonov futbolchilar qancha pul topishiga va xorijga nega aynan Shodiyev bilan borishiga oydinlik kiritdi

Foto: “Championat.asia”

Super Liganing barcha o‘yinlari jonli ko‘rsatilishi mumkin. O‘FF Sport-TV va UzReport bilan kelishuvga erishgan

Prezident Samvel Babayanning asl niyati nima bo‘lganini ham o‘rganib chiqqan. Buni u Igor Sergeyev misolida tushuntirib bergan.

Nega Babayan maydonga doim Igor Sergeyevni tushirardi deb o‘ylaysiz? Bundan faqatgina 1 ta maqsad bor edi — futbolchini xorijga sotish. Bunday murabbiylarning bor fikr-u xayoli futbolchilarni sotib, pul qilish bo‘ladi.

Umid Ahmadjonov, O‘FF prezidenti

Foto: Google Images