O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov katta maosh olayotgan futbolchilarni o‘z ustida ishlamay qo‘yganlikda aybladi. Ular katta oylikdan tashqari ko‘tarma pullarini ham qo‘lga kiritadi, biroq xalq uchun o‘ynamaydi, deb aytib o‘tgan “Gazeta.uz” nashridagi intervyusida.

Foto: Google Images

O‘FF prezidenti: O‘zbekistonlik futbolchilar chilim chekadi, choyxonadan tunda kelib, tongda uxlaydi. Tartib yo‘q

Ko‘p futbolchilar yangi klubga o‘tayotganda katta miqdorda ko‘tarma puli oladi. Bu shunchaki shartnomaga qo‘l qo‘ygani uchun beriladigan pul. Futbolchilarning transferlari uchun klublar 200—400 millionlab sarf etadi.

Mana shu futbolchilar 15—20 million so‘m oylik-maosh oladi. Odamlar bu kabi katta pullar haqida hatto bilmaydi ham. Vaholanki, futbolchilar o‘z ustida ishlashi, xalq oldida bunga javob berishi kerak. Bu ularning vazifasi.

Biroq bizning futbol xalq uchun emas, futbolchilarning o‘zi uchundek taassurot uyg‘otadi. Sistemani o‘zgartirish kerak. Biz ularni uyg‘otmoqchimiz. Yaxshisi oldin mehnat qilsin, yugursin, xalq mehrini qozonsin. Ular nima qilishyapti? Yaxshi pul oladi, 10—15 kun xorijda yig‘in o‘tkazadi va yana shu ruhda o‘ynayveradi. Tartib-intizomning bo‘lishi shart.

Umid Ahmadjonov, O‘FF prezidenti

Ahmadjonov O‘FF tepasiga kelishi oldidan, faoliyatini “Paxtakor” futbol klubida boshlagandi. Keyinroq u xorijiy safarlarga shu klub prezidenti Bobur Shodiyev bilan birga boradigan bo‘ldi. Buning sababi nimada?

Foto: O‘FF

Futbol klubini moliyalashtirish oson ish emas. Masalan, Shodiyev “Paxtakor”ni o‘z hisobidan moliyalashtiradi. Shodiyevlar mamlakatning haqiqiy vatanparvarlari. Nega men xalqaro uchrashuvlarga aynan Bobur Shodiyev bilan birga boraman? Chunki uning butun dunyoda obro‘si bor. Biz boshqa mamlakatda bo‘layotganimizda, ularning saviyasida tura olishimiz muhim. Biz bu kabi hamfikrlarimiz bilan g‘ururlanishimiz kerak.

Umid Ahmadjonov, O‘FF prezidenti

Super Liganing barcha o‘yinlari jonli ko‘rsatilishi mumkin. O‘FF Sport-TV va UzReport bilan kelishuvga erishgan