Tarmoqlarda Galaxy S9 va S9 Plus flagmanlarining yangi suratlari paydo bo‘ldi. Taxminlarga ko‘ra, bu smartfonning yakuniy dizayni bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar berdi Hi-Tech.Mail.Ru.

Foto: Hi-Tech.Mail.Ru

Tarqalgan barcha ma’lumotlarga ishoniladigan bo‘lsa, Samsung’ning yangi flagmanlari joriy yildagilaridan — Galaxy S8 va S8 Plus’dan deyarli farq qilmaydi. To‘g‘ridan to‘g‘ri taqqoslash orqali bilish mumkinki, uning yuqori va pastki hoshiyasi kichraygan, shuningdek, barmoq izi skaneri asosiy kameradan pastroqda joylashgan.

Smartfonlarning qolgan jihatlari bir xil: tomonlar nisbati 18:9 bo‘lgan keng formatli displey va ikki tomonidan egilgan oyna. Galaxy S9 Plus modelining ikkitalik kamerasi xuddi Galaxy Note 8’nikiga o‘xshash bo‘ladi.

Hi-Tech.Mail.Ru

Chap tomonidan Bixby assistentini chaqirish tugmachasi joy oladi, shuningdek, naushniklar uchun 3,5 millimetrli port va microSD xotira kartasining o‘rni o‘z joyida qoladi.

Galaxy S9 fevral oyining oxirlarida — Barselonadagi MWC2018 xalqaro ko‘rgazmasiga bir necha kun qolganida taqdim etilishi kutilmoqda.