Kanadada “Musiqa sadolari” myuziklida rol ijro etgan aktrisa Xezer Menzes-Yerich 68 yoshda vafot etdi, deb xabar beradi “Vesti.ru”.

Foto: “Vesti.ru”

Aktrisa 24-dekabr kuni oila a’zolari va yaqinlari qurshovida vafot etdi. Uning o‘g‘li Robert Yerichning aytishicha, aktrisaga o‘limidan bir necha hafta oldin miya saratoni tashxisi qo‘yilgan.

Menzes-Yerich 1965-yilda rejissor Robert Uayz tomonidan suratga olingan “Musiqa sadolari” myuziklida kapitan fon Trappning qizlaridan biri Luizaning rolini ijro etgan.

Film besh nominatsiya bo‘yicha “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritgan.