Kickstarter platformasida dunyodagi eng mitti mobil telefonlarni ishlab chiqarish uchun pul yig‘uvchi Zanco Tiny T1 loyihasi paydo bo‘ldi, deb yozadi HypeBeast.

Foto: HypeBeast

Nashr, shuningdek gadjetning videotaqdimotini e’lon qildi. Telefonni ishlab chiqarish bilan Clubit New Media, Ltd. kompaniyasi shug‘ullangani aytilmoqda. Uning uzunligi 47 millimetr bo‘lib, bu qo‘ldagi bosh barmoqning yarmiga teng demakdir.

Tiny T1 o‘z ichida 300 tagacha kontaktni, 50 ta xabarni va 50 ta so‘nggi qo‘ng‘iroqni saqlay oladi. U orqali qo‘ng‘iroq qilish va xabar yozish mumkin. Telefon nano-Sim uchun slot, OLED-displey va 13 ta ovozli buyruq bilan jihozlangan. Batareya quvvati uch kun davomida saqlanishi mumkin.