Olimlar “Aresibo” radioteleskopi yordamida Yerga yaqin yirik asteroid — Faetonning mukammal suratlarini oldi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru.

Foto: NASA

Asteroid 21-asrda Yerga rekord darajada — 10 million kilometr masofada yaqinlashdi. Bu dekabr o‘rtalarida yuz berdi. Osmon jismi Yerdagi hayot uchun potensial xavf tug‘diruvchi obyektlar ro‘yxatiga tushishi uchun masofa kamida 8 million kilometrni tashkil qilishi, shuningdek, u atmosferaga kirishda parchalanib ketmasligi uchun yetarlicha katta bo‘lishi kerak.

Faeton o‘z navbatida 6 kilometr diametrga ega bo‘lib, Quyoshga juda oz yaqin keluvchi “apollon” asteroidlar qatoriga kiradi.

“Aresibo” observatoriyasi astronomi Patrik Teylor aytishicha, asteroid yuzasidagi qora dog‘ krater yoki boshqa o‘yiq bo‘lishi mumkin, u radar nurlarini Yerga qaytarib aks ettirmaydi.

Faeton asteroidi 1983-yil oktabrida kashf qilingan. Tadqiqotchilar u yaqin orada to‘liq buzilib ketishini kutmoqda.

Faetonni yana shunchalik yaqin masofadan kuzatish imkoniyati endi astronomlarda qariyb 100 yildan keyin, 2093-yilda paydo bo‘ladi.