Xitoylik biznesmen BMW avtomobilini sotib olishda 70 ming yuan miqdoridagi boshlang‘ich to‘lovni tangalar bilan to‘ladi. Barcha tangalar bir xil nominalga ega — biznesmen bu pulni uzoq yillar davomida to‘plagan, deb xabar beradi Motor nashri.
Barcha tangalarni uydan avtosalonga olib kelish uchun unga o‘nta katta karton quti kerak bo‘ldi. Dilerlik markazi xodimlari tangalarni birgalashib, bir necha soat deganda sanab bo‘ldi.
Sotib olingan avtomobilning umumiy qiymati 400 ming yuanni tashkil etadi. Biznesmen pulning qolgan qismini qanday to‘lamoqchi, hozircha ma’lum emas.
Izoh (0)