12-yanvar kuni o‘zbekistonlik bokschi Shohjahon Ergashev professional ringdagi 12-jangini o‘tkazadi, deb yozdi Boxing Sceane nashri.

Foto: Google Images

Persona. Shohjahon Ergashev ko‘cha bezorisi emas. U qo‘li sinib ketganida ham o‘z jangida yutib chiqqandi (video)

Shu kuni Ergashevga amerikalik Soni Fredrikson raqib bo‘ladi. O‘z vazn toifasida reytingda sakkizinchi bo‘lib turgan Fredrikson, faoliyati davomida 18 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning barchasida raqiblarini mag‘lub eta olgan. 12 ta jangni nokaut bilan yakunlagan.

Foto: Google Images

Persona. Shohjahon Ergashev prof ringda Fazliddin G‘oibnazarov bilan to‘qnash kelishni istamaydi. Nega?

Shohjahon Ergashev esa prof ringdagi 11 ta jangida 11 ta g‘alabaga erishgan va barcha raqiblarini nokaut qilishga erishgan. Ikki yengilmas bokschi o‘rtasidagi to‘qnashuvga Nyu-Yorkdagi Turning Stone Resort Casino in Verona ringi mezbonlik qiladi.

Mazkur jang Toshkent vaqti bilan 13-yanvar tongiga, soat 8:00 ga to‘g‘ri keladi. Bokschining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, agar Soni Fredrikson ham mag‘lub etilsa, Shohjahon Ergashev o‘z vazn toifasi reytingida kuchli 10 talikka kirib oladi.

Foto: Google Images

Foto: Google Images

Foto: Google Images

Foto: Google Images