Rossiyaning Qozon shahrida avtobus masjid eshigiga kelib urildi. Voqea aks etgan fotosuratlar “VKontakte”dagi pabliklarga joylandi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Aytilishicha, voqea Abdulla To‘qay ko‘chasidagi bozor yaqinida ro‘y berdi. Yengil mashina avtobusning yo‘lini kesib o‘tgani bois jamoat transporti burilib, masjidga urilgan.
Avtobusda halokat chog‘ida haydovchi va konduktor bor edi. Ularning hech biri zarar ko‘rmadi.
Izoh (0)