Parij geofizika instituti astronomlarining aniqlashicha, Yerning kattaligi Marsdek keladigan Teyya sayyorasi bilan to‘qnashishi natijasida Oyning paydo bo‘lishi haqidagi mavjud gipoteza yo‘ldoshning mineral tarkibini tushuntirib bera olmaydi. Kompyuter modelining ko‘rsatishicha, sayyoh sayyoraning o‘lchami juda kichik bo‘lishi kerak, deb xabar berdi Daily Mail.

Foto: VistaNews

Tadqiqotchilar Yer va Teyya to‘nashuvining ikki milliarddan ortiq simulyatsiyasini o‘tkazdi. Ularning aniqlashicha, agarda sayyoh sayyora massasi Yer massasining 15 foizidan ortiq bo‘lganida yer mantiyasida nikel va kobalt miqdori hozirgidan ko‘proq bo‘lgan bo‘lardi.

Kolorado shtatining Janubi-g‘arbiy instituti olimlari tomonidan taqdim etilgan boshqa bir versiyaga ko‘ra, to‘qnashuvdan so‘ng Yer ko‘plab kichik kosmik jismlar zarbiga uchragan. Bu kabi bombardirovka sayyoraning kimyoviy tarkibini o‘zgartirib yuborgan, uning yadrosini oltin, kumush va platinaga boyitgan. Yangi gipoteza qadimgi tog‘ jinslarining mineral tarkibidagi anomaliyalarning paydo bo‘lishini tushuntirib beradi.