Jahondagi eng yirik samolyot-ambibiya AG600 (Xitoy) ilk parvozini amalga oshirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Foto: Wikipedia

Samolyot to‘rt turbovint dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, dengizdagi qutqaruv operatsiyalari doirasiad 50 nafargacha odam yoki 12 tonnagacha suv tashiy oladi.

Shu bilan birga, ayrim ekspertlarning fikricha, samolyot Xitoy qurolli kuchlari modernizatsiyasi doirasida dengiz chegaralarini qo‘riqlashga mo‘ljallangan.

Xitoy hukumati va turli kompaniyalar shu paytgacha samolyotdan 17 dona buyurtma qilgan.