O‘zbekistonlik erkak raketka ustalari uchun 2017-yilgi mavsum rasman yakuniga yetdi. TOP-100 tennischilar noyabrdayoq ta’tilga chiqib ketgan bo‘lsa, undan past pog‘onalarda bo‘lgan sportchilar dekabr oyida ham turnirlarda ishtirok etgan.

“Olamsport” nashri mamlakatning erkak tennischilari qancha pul ishlab topayotgani bilan qiziqib ko‘rdi va buni Xusniddin Mirzaliyev yordamida aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. Bunda raketka ustalarining nafaqat 2017-yil hisobidan, balki butun faoliyatlari davomida o‘rtacha qancha pul ishlab olishi keltirib o‘tilgan.

Denis Istomin

Foto: Getty Images

Reytingdagi o‘rni: 63

Yillik daromadi: 699 225 dollar

Faoliyati davomida: 5 336 016 dollar

Sanjar Fayziyev

Foto: “Olamsport”

Reytingdagi o‘rni: 400

Yillik daromadi: 21 740 dollar

Faoliyati davomida: 78 160 dollar

Jo‘rabek Karimov

Foto: “Olamsport”

Reytingdagi o‘rni: 612

Yillik daromadi: 10 291 dollar

Faoliyati davomida: 36 595 dollar

Temur Ismoilov

Foto: “Olamsport”

Reytingdagi o‘rni: 826

Yillik daromadi: 9 354 dollar

Faoliyati davomida: 71 631 dollar

Sergey Fomin

Foto: Getty Images

Reytingdagi o‘rni: 1002

Yillik daromadi: 3 278 dollar

Faoliyati davomida: 6 506 dollar

O‘zbekistonda tug‘ilgan bo‘lsa-da, boshqa mamlakatlar sharafini himoya qilishga qaror qilgan tennischilar