Global iqlim isishi hozirgi holatda davom etsa, Yevropada boshpanaga ega bo‘lishni xohlovchi qochoqlar soni keyingi yuz yillikning boshida uch martaga ko‘payishi mumkin. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Kolumbiya universiteti olimi Volfram Shlenkerning ma’lum qilishicha, global iqlim isishi asosan issiq hududlardagi nochor mamlakatlarga ta’sir qilayotgan bo‘lsa ham, Yerning barcha hududlaridagi aloqalar sababli “iqlimiy qochoqlar” Yevropaga yopiriladi.

Antik davrlar va o‘rta asrlardagi Yevropa iqlimining tahliliga ko‘ra, avvalgi global isish va sovishlar VII—VIII asrlarda Vizantiyaning qulashiga va G‘arbga 1242-yilda mo‘g‘ul yurishining to‘xtashiga sabab bo‘lgan.

Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, 2000—2014-yillarda dunyoning 103 mamlakatidan Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga so‘rov jo‘natgan muhojirlar soni yozgi odatiy harorat 20 darajadan oshgan yillarda keskin o‘sgan.