FIFA terma jamoalarning yangi reytingini e’lon qildi. Unda bosh murabbiysiz bo‘lgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi ikki pog‘ona yuqoriga ko‘tarilganini ko‘rish mumkin.
Avvalgi reytingda 80-o‘ringa qarab tushib ketgan o‘zbekistonliklar, bugunga kelib 78-o‘rinni egallab turibdi. Bu Osiyo mamlakatlari orasida to‘qqizinchi ko‘rsatkichdir. Qit’ada eng yaxshi ko‘rsatkich Eronga tegishli — 32-o‘rin. Mos ravishda Avstraliya (38), Yaponiya (57), Janubiy Koreya (60), Saudiya Arabistoni (63), Xitoy (71), BAA (73), Suriya (77) keyingi o‘rinlardan joy olgan.
Dunyo reytingining dastlabki 10 taligida o‘zgarish kuzatilmagan: Germaniya, Braziliya, Portugaliya, Argentina, Belgiya, Ispaniya, Polsha, Shveysariya, Fransiya va Chili. Angliya hamda Italiya o‘ntalikka kira olmagan.
Izoh (0)