Ertaga — 23-dekabr kuni Ispaniya La Ligasining 17-turida ikki azaliy raqiblar — “Real” hamda “Barselona” to‘qnash keladi. “Santyago Bernabeu”da start oladigan o‘yin Toshkent vaqti bilan 17:00 da start oladi.

Foto: Google Images

Ayni vaqtda “Barselona” mag‘lubiyatsiz davom etayotgan bo‘lib, 42 ochko bilan La Liga peshqadami bo‘lib turibdi. “Real” hisobidagi 31 ochko bilan kuchli to‘rtlikni yakunlab turibdi. Klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatida zafar quchgan Madrid yetakchisi safida “El-Klasiko” to‘purarlaridan biri Krishtianu Ronaldu ertangi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lsa, kataloniyaliklarning bu boradagi yetakchisi Lionel Messida ham vaziyat shunday.

Statistikaga nazar solinsa, “El-Klasiko”da eng ko‘p gol urish tarixda Lionel Messiga nasib qilgan. Argentinalik hujumchi faoliyati davomida “Real”ni 24 bor jazolagan. Krishtianu esa “Barselona” darvozasiga “El-Klasiko”larda 17 ta gol urishning uddasidan chiqa olgan.

Ikkinchi ko‘rsatkich bu borada Alfredo di Stefanoga tegishli. Afsonaviy futbolchiga azaliy raqiblar o‘yinida 18 ta gol urish nasib qilgan. Bu borada Ronalduda Stefanoni ortda qoldirish imkoniyati mavjud bo‘lib turibdi.

“El-Klasiko” to‘purarlari

  • Lionel Messi — 24 ta
  • Alfredo Di Stefano — 18 ta
  • Krishtianu Ronaldu — 17 ta
  • Raul — 15 ta
  • Ferents Pushkash — 14 ta
  • Sesar Rodriges — 14 ta
  • Fransisko Xento — 14 ta