Los-Anjeles hamda Chikago aholisi Apple kompaniyasiga qarshi jamoaviy ariza bilan sudga murojaat qildi. Bu haqda, iGuides nashriga tayanib, “Terabayt.uz” xabar berdi.

Foto: “Terabayt.uz”

Da’vogarlar ishlab chiqaruvchidan bunday qilishni to‘xtatishini, yangi qurilmalar xaridiga sarflangan mablag‘larni qoplab berishini hamda ma’naviy zararni ham qoplashini talab etmoqda.

Arizachilarning fikricha, Apple ataylab — har yili yanada ko‘proq foydalanuvchilar yangi ayfonlarni xarid qilishlari uchun oldingi modellarning samaradorligini sun’iy tarzda pasaytirib kelmoqda. Biroq arizada masalaning texnik jihati e’tiborga olinmagan — axir bir necha bor quvvatlashlar natijasida litiyli akkumulyatorlarning tabiiy eskirishi ham bor gap.

Avvalroq Apple kompaniyasi iPhone’larning ishlash samaradorligini ataylabdan pasaytirib qo‘yayotganligi haqida xabar berilgandi.