Shavkat Mirziyoyev 22-dekabr kuni Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatida Toshkent va Shahrisabz o‘rtasida tezyurar poyezd qatnovini yo‘lga qo‘yishni taklif qildi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Davlat rahbarining qayd qilib o‘tishicha, Afrosiyob tezyurar elektr poyezdining ushbu yo‘nalish bo‘yicha qatnovini yo‘lga qo‘yish loyihasi 2018-yili yakunlanadi.
Ayni paytda O‘zbekistonda “Qarshi – Kitob” temir yo‘l liniyasi loyihasi amalga oshirilmoqda.
Izoh (0)