Rossiyaning Vladivostok shahrida 19-dekabr kuni sudlanayotgan O‘zbekiston fuqarosi qochib ketdi. Bu haqda 1News xabar bermoqda.
Aytilishicha, erkak bir yarim yil mobaynida Vladivostokda ro‘yxatdan o‘tmay yashab kelgan. Sudda bu ma’muriy huquqbuzarlik ko‘rib chiqilishi hamda jazo belgilanishi lozim edi.
Ammo 41 yoshli erkak sud binosiga yetib kelganida politsiyachini itarib yuborib, qochib ketgan.
Hozir erkak qidirilmoqda. U jarimaga tortilishi va O‘zbekistonga ekstraditsiya qilinishi mumkin.
Izoh (0)