SpaceX kompaniyasi rahbari Ilon Mask o‘zining Twitter’dagi sahifasida deyarli to‘liq yig‘ilgan o‘ta og‘ir Falcon Heavy raketasi suratlarini e’lon qildi. Raketa uchta Falcon 9 ustunidan iborat bo‘lib, ularning har biri parvozdan so‘ng Yerga qaytadi. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Foto: TJournal

Raketa allaqachon Kanaveral burniga joylashtirilgan bo‘lib, uning birinchi parvozi shu yerdan 2018-yilning yanvar oyida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Raketaning ikkita yon ustuni allaqachon kosmosga parvoz qilgan va Yerga muvaffaqiyatli qaytgan.

Foto: TJournal

Falcon Heavy odam tomonidan yaratilgan eng kuchli raketalardan biri hisoblanadi. U Yerning pastki orbitasiga 64 tonna foydali yukni olib chiqa oladi.

Foto: TJournal