Variety jurnali kinotanqidchilari 2017-yilda chiqqan eng muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz filmlari ro‘yxatini tuzdi. Bu haqda “Izvestiya” xabar bermoqda.
Eng katta muvaffaqiyatsizlikka uchragan kartinalar deb “Qirol Arturning qilichi” (Gay Richchi), “Valerian va ming sayyora shahri” (Lyuk Besson), “Geoto‘fon” (Din Devlin), “Va’da” (Terri Jorj) va “Monstr-trak” (Kris Uej) filmlari tan olindi.
Eng muvaffaqiyatli filmlar sifatida esa Petti Jenkinsning “Mo‘jiza-ayol”, Malkolm Lining “Sho‘x qizlar”, Jordan Pilning “Qoch”, Stiven Chobskining “Mo‘jiza” kartinalari e’tirof etildi.