JATO Dynamics tahliliy kompaniyasi 2017-yili Yevropada eng ko‘p sotilgan avtomobillar reytingini e’lon qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Reytingga ko‘ra, Yevropada tugayotgan yilda eng mashhur avtomobil deb Volkswagen Golf tan olindi. Dekabr oyiga qadar ushbu rusumdagi 445 mingdan ortiq avtomobil o‘z egasini topdi.
Reytingda ikkinchi o‘rinni Renault Clio egalladi. U yil davomida 298 990 adadda sotildi.
Uchinchi o‘rinda Volkswagen Polo 255 370 ko‘rsatkichi bilan joylashdi.
Kuchli beshlikka, shuningdek, Ford Fiesta va Nissan Qashqai kirdi.
Izoh (0)