Rossiyaning Saratov shahrida 26 yoshli O‘zbekiston fuqarosi 22 yoshli rossiyalik qizni zo‘rlagani uchun sudlandi. Bu haqda 1News xabar bermoqda.
Aytilishicha, bir oycha muqaddam shaharga kelgan yigit 12-sentabr kuni mahalliy qizdan bir manzilni so‘ragan. So‘ng ertalabki soatda ko‘cha bo‘shligidan foydalanib, u qizni kaltaklagan hamda uning yonidagi 1600 rubl pul bilan 9 ming rubl qiymatdagi taqinchoqlarni o‘g‘irlagan.
Ammo jinoyatchi bu bilan cheklanmay, jabrlanuvchini zo‘rlagan ham. Shundan so‘ng u voqea joyidan qochib ketgan, ammo tez orada politsiya tomonidan ushlangan.
Genetik materialni o‘rganish asosida u 2015-yil 23-iyunida sodir etilgan jinoyatga ham aloqadorligi aniqlangan. O‘shanda bir xonadondan uchta mobil telefon hamda 11500 rubl pul o‘g‘irlangan edi.
Nomi keltirilmayotgan erkak sud hukmi bilan 10 yilga qamaldi. U jazo muddatini umumiy rejimdagi koloniyada o‘taydi.
Izoh (0)