Rossiyaning “NTV” telekanali O‘zbekistonda“Mednoye solnse” (“Mis rangli quyosh”) nomli serialni suratga tushirish ishlarini olib bormoqda. Bu haqda 1News xabar berdi.

Foto: 1News

Ta’kidlanishicha, harbiy drama janridagi o‘tkir syujetli serialda bosh rolni rossiyalik aktyor Vladimir Mashkov ijro etmoqda. Serialda u orkestr dirijori rolini ijro etadi — uning boshchiligidagi musiqachilar mahalliy aholini jangarilardan qutqarish uchun qo‘liga qurol olishga majbur bo‘ladi. Asosiy antagonist rolini yana bir mashhur aktyor Vladimir Niskov ijro etdi.

Syomka ishlarining katta qismi Xivada o‘tdi. Film rejissori — Karen Oganesyan.

Suratga olish ishlari deyarli tugadi, premyera esa kelasi yil bahorining oxiriga mo‘ljallanmoqda. Shu bilan birga, mahalliy maktab o‘quvchilari tayyor materialning birinchi tomoshabinlari bo‘ldi.