20-dekabr, chorshanba kuni bitkoin kriptovalyutasi qiymati 16 626,42 dollarni tashkil etib, 18-dekabr, dushanba kungi mutlaq rekorddan 15 foizga pasaydi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “RBK”.
Xabarda ta’kidlanishicha, bu 10-dekabr kuni Chikagoning Cboe Global Markets birjasida ilk fyucherslar savdosi ochilgandan boshlab bitkoin qiymatining eng ko‘p pastlashidir. O‘shanda mazkur kriptovalyuta fyucherlari 25 foizga oshgan edi.
Biroq keyinroq kurs yana ko‘tarildi. Coinmarket ma’lumotiga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan 08:58 da bitkoin qiymati 17 258 dollarni tashkil etdi. Ushbu kriptovalyuta kapitalizatsiyasi 289,1 milliard dollardir.
Izoh (0)