Jahonning eng mashhur videoservisi — YouTube Sony va Universal Music kompaniyalari bilan o‘z serverlarida musiqiy kontent joylashtirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.

Foto: Fortune

Bloomberg agentligiga ko‘ra, tomonlar uzoq muddatli shartnomalar imzolagan bo‘lib, unga ko‘ra, YouTube huquq egalariga to‘laydigan mablag‘ hajmi oshiriladi, shuningdek, foydalanuvchilar tomonidan mualliflik huquqining buzilishi ustidan nazorat kuchaytiriladi.

Bu YouTube’ga o‘z striming servisini ishga tushirish uchun zarur edi. Servis 2018-yil bahorida ishga tushirilishi kerak. Oldinroq shu maqsadda Warner Music bilan shu turdagi shartnoma imzolangan edi.

Shu tariqa, YouTube’da musiqiy kontentning kattagina qismini faqat pul evaziga ko‘rish mumkin bo‘ladi.