Jismoniy shaxslarga 2018-yildan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tib, yo‘lovchi tashish faoliyatini amalga oshirishiga ruxsat berilishi mumkin.

Foto: “Bibi.uz”

Bu haqda O‘zbekiston Senatining 13-yalpi majlisida ma’ruza qilgan bosh vazir o‘rinbosari — moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Ushbu tartib tegishli litsenziya olgan, o‘rindiq joylari 4 (to‘rt) yo‘lovchidan ortiq bo‘lmagan taksilarga nisbatan tatbiq etilishi ko‘zda tutilmoqda.

Vazirning ta’kidlashicha, mazkur taklif Prezidentning soliqlar yig‘uvchanligini oshirish, daromadlarini legalizatsiya qilish, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash doirasida bergan topshiriqlarini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.