SplashData kompaniyasi an’naviy tarzda yilning 100 ta eng ishonchsiz parollari reytingini e’lon qildi, deb yozadi CSO.

Foto: Reuters

Reytingni tuzish uchun SplashData mutaxassislari 2017-yilda buzib ochilgan qariyb 5 millionta parolni tahlil qilib chiqdi. Ketma-ket to‘rtinchi marta reytingda 123456 paroli yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinda password (“parol”) joylashdi, uchinchi o‘rin esa 12345678 ga nasib qildi.

Ta’kidlanishicha, bu yil foydalanuvchilar “Yulduzlar jangi” kinoepopeyasi bilan bog‘liq parollarni ommaviy ravishda qo‘llashni boshlagan. “Starwars (“yulduzlar jangi”) parolini qo‘llash xavfli. Xakerlar ommaviy madaniyat so‘zlari va atamalaridan foydalanadi, chunki ular odamlar shunga o‘xshash oson esda qoladigan so‘zlarni qo‘llashini biladi”, — dedi SplashData rahbari Morgan Sleyn.