Poytaxtda spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda mashina boshqarishga qarshi kurashishning yangi usuli amalga tatbiq etildi, deb xabar beradi O‘zA.
Endilikda yo‘l harakati xavfsizligi inspektorlari tomonidan mast holatda transport vositasini boshqargani aniqlangan fuqarolar fotosurati Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi saytiga joylashtirib boriladi.
17-dekabr kuni spirtli ichimlik iste’mol qilgani aniqlangan 27 fuqarodan o‘n nafarining shaxsiy hamda avtomashinasi fotosuratlari poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy elektron resursiga joylashtirildi.
Inspektorlar tomonidan 17-dekabr kuni jami 3982 ta qoidabuzarlik aniqlangan bo‘lib, 69 holatda transport vositalari jarima maydonchasiga qo‘yilgan.
Izoh (0)