Bo‘lajak onaning qonida homiladorlikning dastlabki muddatida qand miqdorining yuqori bo‘lishi bolaning yurak nuqsoni bilan tug‘ilish xavfini oshiradi. Bu haqda Stenford universitetining Tibbiyot maktabi olimlari ma’lum qildi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Foto: “RIA Novosti”

Mutaxassislar dastlab qandli diabetga chalingan onalardan tug‘ilgan bolalar shunday muammolarga duch kelgan, deb hisoblagan. Endi olimlar onada qandli diabetning yo‘qligi bola yuragining sog‘lom rivojlanishiga kafolat bermaydi, degan xulosaga keldi.

O‘tkazilgan tajribalar ona qonining har detsilitrida glukozaning 10 milligrammga oshishi bolaning yurak nuqsoni bilan tug‘ilish xavfini sakkiz foizga oshiradi. Tadqiqot natijalari tasdiqlanadigan bo‘lsa, shifokorlar bolalarning yurak nuqsoni bilan tug‘ilishining oldini olish uchun onalarga kerakli muolajani belgilay oladi.