O‘FF qarori bilan Farg‘onaning “Neftchi” klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov nomuayyan muddatga futboldan chetlatilgandi. “Gazeta.uz” shu masala yuzasidan O‘FF pozitsiyasini bilishga harakat qildi.

Foto: “Championat.asia”

O‘FF hakamlardan keyin murabbiylarga yetib keldi va Vadim Abramovni futboldan noma’lum muddatga chetlatdi

Nomi e’lon qilinmagan O‘FF xodimining nashrga bayon qilishicha, Vadim Abramov o‘zining har qanday e’tirozini aynan O‘FF rahbariyatiga bildirishi kerak edi. Bu ishni mutaxassis OAV orqali amalga oshirib, xatoga yo‘l qo‘ygan. Avvalroq Vadim Abramov “Championat.asia” nashri orqali PFLning yangi — 12 klublik tizimga tezlik bilan o‘tilishini tanqid ostiga olgan bo‘lsa, futboldan chetlatilgach, PFL futbolchilardan talab qilayotgan normativ haqida keskin fikr bildirgandi.

Vadim Abramov: Jamoalar 12 ta qolar ekan. Futbolchilar shokda, mashg‘ulotlarni yig‘ishtirib qo‘yaveraylikmi?

Federatsiyadagi manbaning aytishicha, nomuayyan muddatga futboldan chetlatilgan Vadim Abramov o‘z xatosini tan olib, tashkilot rahbariyatidan uzr so‘rasa, O‘FF uni kechirishi va futbolga qaytarishi mumkin.

Abramov yangi format haqidagi fikrini bayon qilganiga 1,5 oy bo‘ldi. Mana shu orada O‘FF nega qaror chiqarmagani borasida aniq fikrlar yo‘q. Qolaversa, Abramovdan keyin “So‘g‘diyona” bosh murabbiyi Igor Shkvirin, “Dinamo” ustozi Oleg Tyulkin ham keskin qaror borasida tanqidiy fikr bildirgandi.

Igor Shkvirin: O‘FFga kirib-chiqish avvallari bemalol edi. Hozir militsiya hech kimni kiritmas ekan

Vadim Abramov va Igor Shkvirindan keyin Samarqandning “Dinamo” klubi ham O‘FF qaroriga qarshi chiqdi (video)

“Neftchi” ustozi O‘FFda bo‘lib o‘tgan klub murabbiylari ishtirokidagi majlisdan so‘ng futboldan chetlatildi. O‘sha majlis va chetlatish haqidagi qaror orasidagi vaqt ichida Vadim Abramov OAV bilan suhbatda bo‘lmagan. Murabbiyning o‘zi ham nima sababdan chetlatilgani masalasidagi savolga O‘FFdagi yig‘ilish masalasi bilan javob qaytargan.

Vadim Abramov futboldan chetlatilganini jurnalistlar orqali bildi. U endi O‘FFdan tushuntirish so‘ramoqchi