AQSh mudofaa vazirligi noma’lum uchuvchi jism kuzatilishini ham nazarda tutuvchi aerokoinot tahdidlarini o‘rganish dasturiga bir necha o‘n million dollar sarfladi. Bu haqda The New York Times xabar bermoqda.

Foto: The New York Times

Dastur 2007—2012-yillarda amalga oshirilgan va Pentagon tomonidan oshkor etilmagan. Uning doirasida harakatlari fizikaning barchaga ma’lum qonunlariga to‘g‘ri kelmaydigan uchuvchi obyektlar tadqiq etilgan. Jumladan, ekspertlar 2004-yilda ikki qiruvchi samolyot Kaliforniyada ta’qib qilgan oval uchuvchi obyektni o‘rgangan.

Mazkur loyiha Yerga o‘zga sayyoraliklar tashrif buyurayotganini bildirgan Bigelow Aerospace kompaniyasi asoschisi Bob Bigelou uning zarurligiga senator Garri Reydni ishontirganidan so‘ng ishga tushirildi. Dastur yopilishiga rasman budjet mablag‘larini iqtisod qilish sabab bo‘ldi.