Hammamiz ham unchalik yaxshi bo‘lmagan kunlarni boshdan o‘tkazamiz. Ishga qo‘limiz bormaydi, avtobusda birov oyog‘imizni bosib oladi. Lekin bu jiddiy e’tibor qaratishga arziydimi?

Foto: Flickr

Surunkali ravishda o‘zidan norozi bo‘ladiganlar aynan shunday yo‘l tutadi. Bu maqolada ishi yurishmaydigan odamlar yo‘l qo‘yadigan eng keng tarqalgan xatolar haqida aytmoqchimiz.

O‘zgartirishning imkoniyati bo‘lmagan narsalar haqida tashvishlanish

Biz hammamiz ham gohida agar... bo‘lganda nima bo‘lishini tasavvur qilishga urinamiz. Shuni esda tutingki, bu oxiri yopiq yo‘l. Ishi o‘ngmaydigan odamlar mamnuniyat bilan bema’ni o‘ylar botqog‘iga botib boradi. Nima bo‘lgan bo‘lsa bo‘ldi va siz qila oladigan birdan-bir narsa — saboqni esda tutish.

Birinchi qiyinchiliklar paydo bo‘lishi bilan taslim bo‘lish

Bunday odamlar muammolar paydo bo‘lishi bilan darrov orqaga chekinadi — bu juda oson ish, bir qarashda. Haqiqatda esa har bir “taslim bo‘lish” yurakda og‘ir mag‘lubiyat hissini qoldiradi. O‘zingizdagi xudbinlikni yengib chiqing. G‘alaba uchun hamma imkoniyatlaringizni ishga soling.

Men haqimda boshqa odamlar nima deb o‘ylaydi?

Men to‘g‘ri ish qildimmi? Ko‘rinishim qanday? — shunga o‘xshash fikrlar sizning qancha vaqtingizni, quvvatingizni olishini tasavvur qiling. Tinchlaning. Sizning qiliqlaringizning ko‘p qismi bilinmay qoladi. Ishingizni qiling, jamoatchilikning fikrini esa o‘ziga havola qiling.

Ishi yurishmaydigan odamlar sport bilan shug‘ullanmaydi.

Ularning bunga vaqti bo‘lmaydi: agar hayot boshqacha kechganda nima bo‘lishini o‘ylash, umumiy nohaqlikdan o‘ziga-o‘zi shikoyat qilish va shunga o‘xshash — juda ko‘p ishlar! Aslida esa, sport sizning aqliy va jismoniy salomatligingizni nazorat qiladi. Qancha ko‘proq shug‘ullansangiz, shuncha o‘zingizni yaxshiroq his qilasiz.

Manba: Trendymen