Hindistonning Mumbay shahri sharqida 18-dekabr kuni tamaddixonada yong‘in kelib chiqdi. Buning oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi, to‘rt kishi og‘ir jarohatlar oldi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Voqea Mumbayning Saki Naka tumanida ro‘y berdi. Ushbu tuman aholi zich joylashgani bilan mashhur. Yong‘in chog‘ida tamaddixonada necha kishi bo‘lgani noma’lum.
Yonayotgan bino ichida odamlar bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Voqea joyida o‘t o‘chiruvchilar va politsiya ishlamoqda.
Izoh (0)