Hindistonning sohilbo‘yi hududlarida avj olgan “Okxi” tropik sikloni qurbonlari soni 88 kishiga yetdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Muqaddam 60 qurbon haqida xabar berilgan edi.
“Okxi” sikloni Hindistonning janubi-g‘arbida dekabrning birinchi haftasida boshlangan edi. Shu davr ichida Tamilnad shtatining Kanyakumari burnida yuzlab baliqchilar bedarak yo‘qoldi. Shu paytgacha qadar ularning ko‘pchiligini, ya’ni 2500 ga yaqin odamni qutqarishga erishildi.
Izoh (0)