Kodi Xoll
Yuz deformatsiyasi kasalligi bilan tug‘ilgan qizaloq 14 yilda 18 ta operatsiyani boshidan o‘tkazgan. Hozirgi kunda uning o‘zi jarroh bo‘lib ishlaydi.Malala Yusufzay
Pokistonlik huquq himoyachisi mamlakat hukumati tomonidan ayollarga ta’limni taqiqlash haqida farmon chiqarilganidan so‘ng o‘z blogini yurita boshlagan. Shu sababli u ta’qiblarga uchragan. Uni o‘ldirishga ham urinib ko‘rilgan, oqibatda u og‘ir jarohatlar bilan koma holatiga tushib qolgan. Ayni vaqtda u Oksford universitetida ta’lim olmoqda. U suriyalik qochoqlarni o‘qitish uchun maktab ochgan, shuningdek, Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan.
Mikeyla Xolmgren
Daun sindromi bilan tug‘ilgan qiz “Minnesota go‘zali” tanlovi g‘olibiga aylangan va “AQSh go‘zali” tanlovida ishtirok etgan birinchi imkoniyati cheklangan qiz bo‘lgan. U raqs, gimnastika bilan shug‘ullanadi, xayriya ishlarida ishtirok etadi.Sara Mur
Sara Mur shahardagi hayotini tashlab, Shotlandiyadagi asosan qariyalar yashaydigan orolga ko‘chib borgan. Qiz oroldagi kishilarning eng og‘ir ishlarini o‘z yelkasiga olgan. U havo harakati dispetcheri, vasiy, pochtachi, o‘t o‘chiruvchi qutqaruvchi, cho‘pon, orol kengashi kotibi, samolyotga yuk ortuvchi, ekskavator haydovchisi va ekskursiyachi bo‘lib ishlaydi.Betani Xemilton
Betani Xemilton 13 yoshida yo‘lbars akula hujumiga uchrab, chap qo‘lidan ajralgan. Biroq qiz o‘z qo‘rquvini yengib, syorfing bilan shug‘ullanishda davom etgan. U hozirgi kunda oilali, jahon chempionatida ikkinchi o‘rinni egallagan. Betani haqida kitob yozilgan va film suratga olingan.
Liz Myurrey
Liz Myurreyning bolaligi juda og‘ir o‘tgan. U giyohvand ota-ona bilan yashagan, mushtlashuv va janjallarni boshidan o‘tkazgan. O‘zidan uyalib, maktabga bormay qo‘ygan va ko‘cha bezorilariga qo‘shilgan. U 15 yoshida butunlay ko‘chada qolgan va o‘layotgan onasi bilan o‘rindiqlarda tunni o‘tkazgan.Biroq u o‘zini qo‘lga olib, maktabni muvaffaqiyatli tamomlagan. Keyinchalik u Garvard universitetida o‘qigan. Hozirda esa yozuvchi va notiq hisoblanadi.
Izoh (0)