Janubiy Koreya TIV rahbari Kan Gyon Xva 19—20-dekabr kunlari Tokioga tashrif buyuradi va yaponiyalik hamkasbi Taro Kono bilan KXDR muammosi, shuningdek, ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qiladi. Bu haqda 17-dekabr, yakshanba kuni Kyodo agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Muzokaralarning asosiy mavzusi KXDR yaqinda uchirgan raketadan so‘ng Koreya yarimorolida keskinlashgan vaziyat bo‘lishi kutilmoqda.
Shu bilan birga, Seul hokimiyatini prezident Mun Chje In egallaganidan so‘ng tarixiy masalalar bo‘yicha qarama-qarshiliklar tufayli sovuqlashgan ikki tomonlama munosabatlar masalalariga ham e’tibor qaratiladi. Ikki tomonlama munosabatlardagi asosiy muammoli vaziyat yapon bosqini davrida jinsiy zo‘ravonlik qurboniga aylangan ayollar masalasidir.
Izoh (0)