Futboldan noma’lum muddatga chetlatilgan “Neftchi” klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov “Championat.asia” nashri jurnalisti Xayrulla Xoliqovga vaziyat yuzasidan intervyu berdi. Qiziq tomoni, Abramov chetlatilgani borasida jurnalist unga qo‘ng‘iroq qilmaguniga qadar hech narsa bilmagan.

Foto: “Bunyodkor”

“Bu hazilmi yoki chin? Mening hech narsadan xabarim yo‘q. Birinchi marta sizdan eshitib turibman. Nima uchun futboldan chetlatilganimni ham bilmayman”, — deb gap boshlagan Abramov.

Jurnalist O‘FF matbuot xizmati buning sabablarini qanday tushuntirgani borasida Abramovni xabardor qilgan. Shundan keyin Karlenovich O‘FF majlislar zalidagi uchrashuv haqida gapirib o‘tgan.

O‘FF hakamlardan keyin murabbiylarga yetib keldi va Vadim Abramovni futboldan noma’lum muddatga chetlatdi

Biz futbol kishilarimiz. Bunda har kim o‘z fikrini aytishga haqli emasmi? Kecha PFLda yig‘ilish bo‘ldi. Unda men ham qatnashdim va bir-ikki masalaga o‘z munosabatimni bildirdim. Eshitgan bo‘lsangiz kerak, keyingi yil Oliy va Birinchi Ligada o‘ynash uchun futbolchilar normativ topshiradi. Normativ juda murakkab tuzilgan, uni hatto Bobbi Charlton ham topshirolmasdi. Men ba’zi qarorlar bo‘yicha fikrimni aytdim, balki biror gapim yoqmagan bo‘lishi mumkin.

Albatta O‘FFga boraman va tushuntirish berishlarini so‘rayman. Gaplarim kimgadir yoqmagan bo‘lsa, bu haqda kechaning o‘zidayoq aytishsa bo‘lardi. Hamma meni o‘zbek futboli uchun keraksiz odam deb hisoblasa, buning uchun chetlatishlari shart emas. O‘zimga aytishsa, indamay futboldan ketaman.

Vadim Abramov, “Neftchi” bosh murabbiyi

Vadim Abramov: Jamoalar 12 ta qolar ekan. Futbolchilar shokda, mashg‘ulotlarni yig‘ishtirib qo‘yaveraylikmi?