“Daryo”ni Telegram’da o‘qing! Join!
23:54, 17.12.2017 51819

IShID yetakchisi qayerda tutib turilgan bo‘lishi mumkinligi aytildi

IShID terrorchi guruhi yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy AQShning Suriyadagi harbiy bazalaridan birida tutib turilibdi. Bu haqda, Turkiyaning Yeni Safak nashriga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Foto: “Gazeta.ru”

Aytilishicha, Bag‘dodiy amerikalik harbiylar tomonidan Iroqda ushlangan va kontrabanda yo‘li bilan bilan Suriyaga o‘tkazilgan.

Manbalarning aytishicha, dastlab u Ras al-Ayndagi bazada tutib turilgan, so‘ng Xaseke-Rumaylon hududida joylashgan qarorgohga ko‘chirilgan.

Oldinroq mahalliy matbuotda Bag‘dodiy Iroqdan Suriyaga taksi mashinasida qochgani aytilgan edi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Boshqa yangiliklar