17-dekabr kuni fransiyalik yaxtsmen Fransua Gabar jahonni aylanib chiqish bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, u yaxtasida dunyoni yolg‘iz kezib chiqqan. Bunga u 42 kun, 16 soat, 40 daqiqa va 35 sekund sarflagan.
34 yoshli fransuz Macif yaxtasida Fransiyaning Uessan oroli va Lizard burni o‘rtasidagi virtual finishni kesib o‘tib, bu bilan vatandoshi Tom Kovilning rekordini qariyb bir haftaga yangiladi. Uning ko‘rsatkichi 49 kun, 3 soat, 7 daqiqa va 38 sekund edi.
Izoh (0)