BMT Xavfsizlik Kengashiga Quddus maqomini aniqlash bo‘yicha rezolyutsiya loyihasi kiritildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Hujjatni muhokamaga Misr kiritdi.
Rezolyutsiyaga ko‘ra, Quddusning maqomi o‘zgarishi bo‘yicha har qanday takliflar yuridik kuchga ega bo‘lmaydi. Shuningdek, masala tinch muzokaralar yo‘li bilan hal etilishi belgilanmoqda.
Xavfsizlik Kengashida rezolyutsiya bo‘yicha ovoz berish 18-dekabr kuni o‘tkaziladi.
Izoh (0)