Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi doirasida Nukusda yangi qurilgan Olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan oliy sport mahorati maktabi faoliyati bilan tanishdi, deb xabar berdi O‘zA

Rustam Jangaboyev.
Foto: “Gazeta.uz”

“Avvalambor shunday zamonaviy sport inshooti bilan sizlarni tabriklayman. Bu maskanda sport bilan shug‘ullanish uchun barcha sharoit yaratilgan. Endi shu imkoniyatlardan samarali foydalanib, yuksak natijalarga erishish kerak”, — dedi O‘zbekiston Prezidenti.

Shavkat Mirziyoyev majmuada Qoraqalpog‘iston sport murabbiylarining malakasini oshirish markazini tashkil etish, mashg‘ulotlarni samarali o‘tkazish yuzasidan topshiriqlar berdi.

Shu yerda Prezident nomidan og‘ir atletika bo‘yicha nufuzli turnirlar sovrindori Rustam Jangaboyevga uy, dzyudochi Elyor Masharipovga Malibu avtomobili, qilichbozlik bo‘yicha xalqaro turnirlar sovrindori Zaynab Dayibekovaga Nexia mashinasi berildi. Mashg‘ulotlarga qatnashayotgan boshqa yosh sportchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Elyor Masharipov.
Foto: Getty Images

Zaynab Dayibekova.
Foto: “Olamsport”