Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi doirasida Nukusda yangi qurilgan Olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan oliy sport mahorati maktabi faoliyati bilan tanishdi, deb xabar berdi O‘zA.

Foto: “KRuz.uz”

Sportning erkin va yunon-rum kurashi, og‘ir atletika, dzyudo, taekvondo, boks, qilichbozlik, badiiy gimnastika singari 11 turi bilan shug‘ullanish imkoniyati yaratilgan yangi sport majmuasini bunyod etish uchun 15 milliard so‘mlikka yaqin qurilish-montaj ishlari amalga oshirilgan. Zamonaviy sport jihozlari bilan ta’minlangan 7 ta sport zali, yotoqxona, oshxona, mashg‘ulotlar uchun sun’iy qoplamali sport maydonchalarida 700 dan ziyod o‘g‘il-qiz sport bilan muntazam shug‘ullanishi mumkin.

O‘zbekiston Prezidenti majmuada mashg‘ulotlarda ishtirok etayotgan yosh sportchilar bilan muloqot qildi.