Yirik asteroid (3200) Faeton 16-dekabr kuni Yerga yaqin keladi. Bu haqda NASA sayti ma’lumotlariga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: “RIA Novosti”

4,8 kilometr diametrli osmon jismi sayyoradan o‘n million kilometr masofada uchib o‘tadi. Bu esa Yerdan Oygacha masofadan 27 marta ko‘proqni tashkil etadi.

Xabarda qayd etilishicha, keyingi safar bunday yaqinlashish 2093-yildagina yuz beradi.

NASA xodimlari Faetonni “o‘ta xavfli” osmon jismlari qatoriga kiritadi. Agar u Yer bilan to‘qnashib ketsa, sayyoraga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

Asteroid o‘z orbitasi tufayli quyosh atrofida aylanib, Merkuriydan Marsgacha bo‘lgan to‘rt sayyora orbitasini kesib o‘tadi. Uning mavjudligi haqida 1983-yilda IRAS kosmik yo‘ldoshi tomonidan olingan suratlar sabab ma’lum bo‘lgan edi.