Floyd Meyvezer ishtirokidagi janglar Pay-Per-View (PPV) tizimida yaqqol yetakchilik qiladi. Bu haqda BoxingScene nashriga asoslanib, “Olamsport” xabar berdi.
Konor MakGregor va Floyd Meyvezer o‘rtasidagi jang qamrovi bo‘yicha eng katta auditoriyani o‘ziga qaratishi kutilgandi. Biroq amalda bunday bo‘lib chiqmadi. Mazkur jang lavhalarini 4,3 million kishi sotib olgan.
Floyd Meyvezerning filippinlik Menni Pakyaoga qarshi jangini esa 4,6 million odam kuzatishni istagan va PPV’ga murojaat bilan chiqqan.
Mazkur tizimda ketma-ket to‘rt yuqori o‘rinni Floyd Meyvezer ishtirokidagi janglar band qilganini ko‘rish mumkin. Amerikalik bokschining De La Xoyyaga qarshi jangi 2,4 million auditoriyani qamrab olgan. Alvaresga qarshi jang ko‘rsatkichlari esa 2,2 millionni tashkil qilgan.
5-o‘rindagina Meyvezer yo‘q. Bunda Xolifild hamda Tayson o‘rtasidagi jang bo‘y ko‘rsatib, 1,9 millionlik auditoriyani qamrab olgandi.
Izoh (0)