Blue Origin kompaniyasi YouTube’ga New Shepard 3 ko‘p martalik parvoz tizimining birinchi sinovi aks etgan videoni joylashtirdi.

Foto: Daily Mail

Rolikda 11 daqiqalik parvoz shu nomdagi kapsula ichidagi maneken Skywalker’ning nigohi bilan qayd etilgan.

“Siz manekendan farqli ravishda parvoz vaqtida vaznsizlik holatida o‘z joyingizni tark etishingiz mumkin”, — deydi kompaniya rahbari Jeff Bezos.

New Shepard 3 raketasi o‘z dvigatellarini ishga solib, vertikal ravishda qo‘nishni amalga oshirdi. Ichida inson qiyofasidagi maneken bo‘lgan kapsula parashyutlar yordamida qo‘ndi.

Yangi kapsula avvalgi versiyasidan yaxshilangan issiqlik himoyasi va illyuminatorlarning mavjudligi bilan farq qiladi.

Kapsula 2017-yilning 12-dekabr kuni Texasdagi poligonda sinovdan o‘tkazildi.