Toshkent shahrining Yunusobod tumanida uyida noqonuniy qurol saqlab kelgan yana bir shaxs aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma’lum qildi.
“Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan ‘Tozalash-Antiterror’ tadbiri davomida Yunusobod tumani hududida istiqomat qiluvchi shaxs o‘z uyida qurol jangovar o‘qlarini saqlab kelayotganligi haqida ma’lumot kelib tushgan”, — deyiladi xabarnomada.
13 dekabr kuni xodimlar tomonidan 1950-yilda tug‘ilgan Shipkov Vladimir Stepanovichning yashash xonadoni tekshirildi. Tekshiruv davomida V.S. Shipkov xonadon omborxonasida xarbiy qutichaga solingan AK-74 avtomatining 5,45 kalibrli 232 ta jangovar o‘qlarini saqlab kelayotgani aniqlandi.
Holat yuzasidan yuqorida ko‘rsatib qurol o‘qlari belgilangan tartibda olinib, V.S. Shipkovga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.
Eslatib o‘tamiz, muqaddam Toshkentda uyida noqonuniy ov quroli saqlab kelgan fuqaro javobgarlikka tortilgan edi.
Izoh (0)